Shomurodovdan kutilmagan natija

Sport

"CIES Football Observatory" ma’lumotlariga ko‘ra, “Manchester Siti”ning asosiy tarkibi Yevropa klublari orasida eng qimmati hisoblanadi.

Ma’lumot joriy mavsum  startidan 26 oktyabrgacha bo‘lib o‘tgan o‘yinlarga asoslanadi. Kuchli beshlikka, shuningdek, PSJ va yana uchta ingliz klubi kiritilgan: “Manchester Yunayted”, «Liverpul» va «Chelsi».

Asosiy tarkibi eng qimmat klublar:

1. “Manchester Siti” – 650 million yevro;

2. PSJ – 510 million yevro;

3. “Manchester Yunayted” – 479 million yevro;

4. «Liverpul» – 409 million yevro;

5. «Chelsi» – 392 million yevro;

6. «Arsenal» – 382 million yevro;

7. "Real Madrid" - 369 million yevro

8. «Barselona» – 333 million yevro;

9. «Yuventus» – 299 million yevro;

10. «Bavariya» – 294 million yevro.

Eslatib o‘tamiz, "Manchester Siti" joriy mavsum APLda 12 turdan keyin 29 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.

O‘zbekistonning birinchi raqamli raketkasi Nigina Abduraimova Britaniyaning Shrusberi shahridagi Xalqaro tennis federatsiyasi tasnifiga kiruvchi musobaqada ishtirok etadi. Ushbu musobaqaning sovrin jamg‘armasi esa jami 100 000 dollarni tashkil etadi. 

Ilk bosqichda Abduraimova yaponiyalik Misaki Doiga qarshi kortga chiqadi.  Hozirgi vaqtda o‘zbekistonlik tennischi Butunjahon ayollar tennisi reytingida 173-o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, Yaponiya vakilasi 150-o‘rinni band etgan.

Shuningdek, Abduraimova musobaqaning juftlik bahslarida ham ishtirok etadi. Polshalik Paula Kaniya-Chodun bilan tandem hosil qilgan Nigina ilk bosqichda ruminyalik tennischilar Monika Nikulesku va Yelena Gabriela Ryuz bilan bahs olib boradi.

Eslatib o‘tamiz, Nigina Abduraimova va yaponiyalik Misaki Doi bahsi ertaga, 2 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 14:00 da start oladi.

Mashhur «Transfermarkt» portali Italiya A Seriyasida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan sobiq Ittifoq mamlakatlari futbolchilaridan tuzilgan ikki xil variantdagi ramziy terma jamoani e’lon qildi. Ramziy terma jamoalarning biridan O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori va «Roma» a’zosi Eldor Shomurodov ham o‘rin olgan. 

Italiya chempionatining 12-turida «bo‘rilar» safarda «Verona» bilan kuch sinashib, 1:3 hisobida g‘alaba qozondi. Eldor Shomurodov bahsning 83-daqiqasida maydonga tushirildi.

Avvalroq Mourino Shomurodovga juda kam o‘yin amaliyoti taqdim qilayotgani uchun Eldor qishda rimliklar safini tark etishi haqida xabar berilgandi.

Ma’lumot uchun, Eldor Shomurodov hozirgacha A Seriyada 64 ta o‘yinda maydonga tushishga ulgurdi.

Quvonchbek G‘aybullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

571

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing