Shomurodov o‘rniga Ronaldu yoxud Mourning erkatoyi Rimga kelishi mumkin

Sport

image

"Manchester Yunayted"ning portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda "Todofichajes" nashrida xabar berildi.

Jurnalistlarning fikricha, 37 yoshli futbolchining xizmatlariga Joze Mourino murabbiylik qilayotgan poytaxtning "Roma" klubi qiziqish bildirmoqda. Krishtianuning agenti Jorje Mendesh yanvar oyidagi transfer oynasida mijozi masalasini muhokama qilmoqchi. 

Ta’kidlash joizki, Ronaldu o‘zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodov bilan bir xil pozitsiyada o‘ynaydi. Agar Ronaldu "Roma"ga kelsa, Shomurodov "bo‘rilar" safida o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmasligi ehtimoli juda yuqori. Shundog‘am rimliklar o‘z safiga Andrea Belottini qo‘shib olganidan so‘ng, o‘zbekistonlik hujumchi deyarli zaxiraga "mixlandi".

Ronalduning "qizil iblislar" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar amal qiladi. Uning hozirgi transfer narxi 20 million yevroga baholanmoqda.

Shaxzod Shukurov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

626

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing