Shomurodov “Roma” safidagi ilk golini urdi (video)
Sport
−
08 avgust 2021
15722Kecha, 7 avgust kuni Italiyaning “Roma” klubi Ispaniyaning “Real Betis” jamoasi mehmoni bo‘ldi. 5:2 hisobi qayd etilgan o‘yinda mezbonlarning qo‘li baland keldi.
Dastlab, hisobni “Betis” tarkibidan Rodri ochdi. O‘yining 27-daqiqasida Eldor Shomurodov ikki himoyachini ortda qoldirib, yakkama-yakka vaziyatda debyut o‘yinida ilk golini kiritdi. Hisob tenglashdi.
Oradan 3 daqiqa o‘tib, mezbonlar yana hisobda oldinga chiqib oldi. O‘yinning ikkinchi taymida rimliklar yana raqibga yetib oldi. Bu safar Eldor xavfli vaziyatni yaratishda ishtirok etdi.
O‘yinning eng qizg‘in nuqtasi 58-daqiqada ro‘y berdi. Hujum paytida “Betis” futbolchisining qo‘liga to‘p tekkaniga qaramay, gol kiritdi va bosh hakam buni inobatga oldi. Hisob esa 3:2 ko‘rinishiga keldi. Yakunda hakamga e’tiroz bildirgani uchun rimliklardan Lorenso Pellegrini, keyin esa maydonga tushib kelgan bosh murabbiy Joze Mourino qizil kartochka bilan o‘yindan chetlatildi.
Keyinroq o‘yinning 80 va 83-daqiqalarida “Betis” ikkita gol urdi. O‘yin 5:2 hisobi bilan yakunlandi.
LiveBarchasi