Shomurodov Konferensiyalar ligasining eng tezkor futbolchisi bo‘ldi

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Italiyaning “Roma” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov Yevropa Konfrensiyalar ligasining eng tezkor futbolchisi sifatida e’tirof etildi. Bu haqda UEFA rasmiy saytida xabar berildi.

Qayd etish joizki, o‘zbekistonlik Eldor Shomurodov YeKLning o‘tgan mavsumida 33,6 km/soat tezlikkacha yugurgan.

Shomurodovdan keyingi o‘rinlarda Siril Dessers (33,2 km/soat), Luis Sinisterra (32,8 km/soat), Tayrell Malasia (32,8 km/soat) — uchalasi ham “Feyenoord”, Kris Smolling (32,4 km/soat, “Roma”) va Brayn Linssen (32,2 km/soat, “Feyenoord”) kabi o‘yinchilar joy olishdi.

Eslatib o‘tamiz, Yevropa Konferensiyalar ligasining 2021-2022 yilgi mavsumi finalida “Roma” “Feyenoord”dan 1:0 hisobida ustun kelib, yakunda chempionlikni nishonladi. Rimliklar safida o‘ynagan Eldor Shomurodov yevrokuboklarda g‘alaba qozongan ikkinchi o‘zbekistonlik sportchi bo‘ldi. Shomurodovdan oldin, Vitaliy Denisov 2004 yilda Rossiyaning SSKA klubi tarkibida UEFA kubogi g‘olibiga aylangan edi.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

426

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing