Shomurodov faoliyatini Saudiyada davom ettirishi mumkin – OAV
Sport
−
19:34 5077 1 daqiqa
O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Turkiyaning “Istanbul Bashakshehir” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin. Bu haqda “Metaratings” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, o‘zbekistonlik hujumchiga Saudiya Arabistonining bir nechta klublari qiziqish bildirmoqda. Shomurodov esa hozirda Turkiyada o‘zini yaxshi his qilmoqda. Biroq agar unga moliyaviy jihatdan manfaatli taklif tushsa, klubini o‘zgartirishga tayyor. Eldor yangi jamoasida yiliga taxminan 3 million yevro maosh olishni istamoqda.
“Istanbul Bashakshehir” o‘zbekistonlik futbolchining transferidan 8,5 million yevro ishlab olishni rejalashtirmoqda.
Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda Shomurodov Turkiya chempionatining eng yaxshi to‘purarlari bo‘ldi. U jamoasi safida ijara asosida harakat qildi, ammo turk klubi qishda uning transfer huquqini Italiyaning “Roma” klubidan to‘liq sotib oldi.

Live
Barchasi