Shomurodov Dibala bilan birga o‘ynashi mumkin

Sport

image

Argentina terma jamoasi va “Yuventus”ning sobiq futbolchisi Paulo Dibala “Roma” bilan shartnoma imzolaydi. Bu haqda italiyalik jurnalist, insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, argentinalik hujumchi “bo‘rilar” bilan 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolaydi. Futbolchining transferida asosiy omil “Roma” bosh murabbiyi, portugaliyalik Joze Mourino bo‘lgan. Joze Dibalaga qo‘ng‘iroq qilib, klub qurayotgan loyiha haqida gapirib bergan. Hozirda transferga aloqador barcha hujjatlar tayyorlanmoqda.

Turinning "Yuventus" klubi bilan shartnomani uzaytirish borasida kelisha olmagani uchun Dibala bir oydan beri erkin agent maqomida edi. Dibalaga “Inter”, “Napoli” hamda Angliyaning bir qancha klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Eslatib o‘tamiz, “Roma” klubi safida o‘zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodov ham to‘p tepadi. 

Ma’lumot uchun, 2015 yildan buyon Dibala “Yuventus” safida 293 ta o‘yinda maydonga tushib, 115 ta gol urgan va 48 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

83

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing