Shomurodov asosiy tarkibda tushgan o‘yinda “Roma” “Sanderlend”ni mag‘lub etdi
Sport
−
13 iyul 2022 16507 1 daqiqa
Bugun, 13 iyul kuni Portugaliyaning Albufeyra shahrida Italiyaning “Roma” klubi “Sanderlend”ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushib, 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabaga erishdi.
“Roma”ning o‘zbekistonlik futbolchisi Eldor Shomurodov bahsni asosiy tarkibda boshladi. Birinchi bo‘limda juda qulay vaziyatga chiqib borgan Shomurodov zarba berish o‘rniga to‘pni sherigiga uzatdi. Natijada imkoniyat qo‘ldan boy berildi.
Ucharshuvning ikkinchi taymi ham Rim klubi futbolchilarining nazorati ostida o‘tdi. 75-daqiqada Afena-Gyan “bo‘rilar”ni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 80-daqiqaga kelib, Eldorning o‘rniga maydonga tushirilgan Zanolo oradagi farqni ikkitaga yetkazdi. Shu tariqa uchrashuvda boshqa hisob o‘zgarmadi va “Roma” 2:0 hisobidagi g‘alabani rasmiylashtirdi.
Ma’ruf Abdumalikov
Live
BarchasiPutin To‘qayev bilan ham telefonlashdi
21 sentabr
Qashqadaryoda 2300 yillik ossuariy topildi
21 sentabr