Shols Ukrainadagi mojaro uzoq davom etishini aytdi
Olam
−
08 mart 2023 6242 1 daqiqa
Germaniya kansleri Olaf Shols Ukrainadagi mojaro uzoq vaqt davom etishini taxmin qilmoqda. U bu fikrni kecha, 7 mart kuni Brandenburgda aholi vakillari bilan uchrashuvda bildirdi.
“Biz garchi har kuni boshqacha bo‘lishini xohlasakda, bu uzoq vaqt davom etishidan qo‘rqishimiz kerak”, degan nemis kansleri.
Shuningdek, Shols mamlakatda qurol va o‘q-dorilar ishlab chiqarishni doimiy asosga qo‘yish zarurligini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Olaf Shols Vashingtonda AQSH Prezidenti Jo Bayden bilan uchrashib, Ukrainaga xavfsizlik, gumanitar, iqtisodiy va siyosiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha olib borilayotgan sa’y-harakatlarni hamda ukrain xalqi bilan global birdamlikni saqlash muhimligini muhokama qilgan edi.
Live
Barchasi