Shols Germaniya Rossiyaga qarshi “zaif nuqtasi”dan qutulganini e’lon qildi
Olam
−
20 Oktabr 2022 19437 2 daqiqa
Germaniya kansleri Olaf Shols mamlakat endi Rossiya gaziga qaram emasligini ma’lum qildi. Bu haqda “Kommersant” saytida keltirilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Berlin hozirda energiya narxini pasaytirish, jumladan, boshqa davlatlar bilan gaz yetkazib berish bo‘yicha yangi shartnomalar tuzish ustida ishlamoqda.
Shols nutqi davomida Yevropa Ittifoqi gaz iste’molini 15 foizga kamaytirish bo‘yicha kelishuvga erishganini aytib o‘tgan. U buni “Yevropa birdamligi” uchun, jumladan, hanuzgacha Rossiya gaziga qaram bo‘lib qolayotgan Germaniya uchun ham kuchli signal ekanini qo‘shimcha qilgan.
“Iltimos, e’tibor bering. Axir, biz o‘zimizni bu qaramlikdan xalos qildik va qishga yaxshi tayyorgarlik bilan kiryapmiz”, deydi Shols.
Shuningdek, u fuqarolarga energiyani tejaganliklari uchun minnatdorlik bildirib, birgalikda gaz sarfini 20 foizga kamaytirish kerakligini ta’kidlagan.
Kansler nutqida Yevropa Ittifoqining gaz narxini cheklash taklifi haqida ham gapirib o‘tgan. Uning fikricha, bunday mexanizm energiya resurslariga raqobat paydo bo‘lmasligi uchun faqat Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lmagan davlatlar bilan hamkorlikda amal qilishi mumkin. Bunday davlatlarga u Janubiy Koreya va Yaponiyani misol qilib keltirgan.
Olaf Sholsning fikricha, Yevropaning pandemiyaga qarshi kurash jamg‘armasi mablag‘lari energiya inqirozini yengish uchun ishlatilishi kerak. Unga ko‘ra, hozirgacha jamg‘armadan barcha pullarning faqat beshdan bir qismi sarflangan va 600 milliard yevrodan ortiq mablag‘ mavjud.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr