Shodiyev Xalqaro fondi va MGIMO o‘rtasida uzoq muddatli hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi

Jamiyat

image

Shodiyev Xalqaro fondi (ICF) va Moskva Davlat xalqaro musobatalari instituti (MGIMO) Toshkentdagi filiali uzoq muddatli – 2025 yilgacha, hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladilar. Memorandum doirasida Fond tomonidan texnik jihozlar va transport vositalarini sotib olish uchun mablag‘ ajratildi. Shuningdek, 2021 yilning yoz faslidan boshlab institutning bakalavriat yo‘nalishida o‘quvchi talabalar uchun grantlar ajratila boshlanadi. 

Shodiyev Xalqaro fondi (ICF) grantlariga da’vogarlar O‘zbekistondagi o‘rta maktabni a’lo va yaxshi baholarga tamomlaganligi to‘g‘risidagi guvohnomaga ega bo‘lgan abituriyentlar, respublika yoki xalqaro miqyosdagi ilmiy, ijodiy va sport musobaqalarining g‘oliblari, faol fuqarolik va jamoat mavqeiga ega bo‘lgan abituriyentlar bo‘lishi mumkin. Shuningdek, murojaat qiluvchilar ro‘yxatiga nogiron yoki voyaga yetguniga qadar ota-ona qaramog‘isiz qolgan yoshlar kiradi. Grantlar MGIMO-Toshkent qabul komissiyasi tomonidan universitetga kirish imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgan abituriyentlarga qo‘shimcha ravishda taqdim etilgan hujjatlar va suhbatlar asosida taqdim etiladi. Hujjatlarni qabul qilish davrida grant taqdim etilish shartlari va abituriyentlar uchun so‘rovnoma haqidagi barcha ma’lumotlar MGIMO-Toshkent veb-saytida joylashtiriladi:

“Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning bilimga intilishi, yangi avlod salohiyatini rivojlantirish va amalga oshirishda ko‘maklashish har doim Fondimizning eng muhim vazifasi bo‘lgan va shunday bo‘lib qolmoqda. Mening rivojlanishimda katta rol o‘ynagan, olgan bilimlarim uchun o‘zimning oliy dargohim bo‘lgan Moskva davlat xalqaro musobatalar instituti (MGIMO)ga juda minnatdorman va vatandoshlarim ham shu kabi bilimlarga ega bo‘lishlaridan juda xursandman", deydi Shodiyev Xalqaro fondi (ICF) asoschisi Fattoh Shodiyev.  

Shodiyev Xalqaro fondi (ICF) 1996 yilda tashkil etilganidan buyon Moskva davlat xalqaro musobatalar instituti (MGIMO)ni qo‘llab-quvvatlab keladi. So‘nggi 25 yil ichida Fond a’lochi talabalar uchun stipendiya dasturini tashkil etdi va moliyaviy tomondan qo‘llab-quvvatladi, o‘qituvchilarni uy-joy bilan ta’minladi, talabalar va o‘qituvchilarning chet eldagi amaliyotlari uchun to‘lovlarni amalga oshirib kelmoqda, shuningdek, ilmiy tadbirlar, konferensiyalar va musobaqalarga homiylik qilib kelmoqda. Fond faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri institutning nashriyot faoliyatini qo‘llab-quvvatlashdan iborat, ya’ni o‘quv materiallari va ilmiy maqolalarni yozish va nashr etish uchun grantlar tashkil etish, matbaa uskunalarini sotib olish, institutning axborot va ta’lim onlayn-resurslariga homiylik qilishdir. 

Fattoh Shodiyev Moskva davlat xalqaro musobatalar instituti (MGIMO)ning 1976 yilda tamomlagan bo‘lib, u MGIMO Vasiylik kengashi a’zosi va Rossiyaning eng qadimgi va eng yirik maqsadli rivojlanish fondi bo‘lgan – “MGIMO Endowment Fund” fondining uch asoschilaridan biri hisoblanadi. 

Moskva davlat xalqaro musobatalar institutining Toshkent filiali (MGIMO-Toshkent) haqida 

Moskva davlat xalqaro musobatalar institutining Toshkent filiali – oltita bakalavr va magistrlik dasturlari bo‘yicha ta’lim olishni taklif qiluvchi MGIMO (Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti)ning birinchi xorijiy filiali. Filialni tashkil etish to‘g‘risidagi bitim 2018 yil oktyabr oyida O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlari Shavkat Miromonovich Mirziyoyev va Vladimir Vladimirovich Putin ishtirokida imzolangan. Moskva Davlat xalqaro musobatlar instituti Toshkent filiali 2019 yilning sentyabr oyida o‘quv dasturlarini amalga oshirishni boshladi.

MGIMO-Toshkent filiali o‘quv dasturlarining O‘zbekistonda o‘xshashlari yo‘q. Professor-o‘qituvchilar tarkibiga Rossiya Federatsiyasi MGIMOning yetakchi professorlari kiradi, talabalarga qabulga tayyorgarlik dasturlari, noyob metodlardan foydalangan holda chet tillarini o‘qitish, ta’lim olish uchun grantlar va Toshkent shahridagi zamonaviy talabalar shaharchasi taklif etiladi. O‘qitish modeli "Moskva" tamoillari asosida tashkil etilgan bo‘lib, O‘zbekistonlik talabalarga asosiy o‘qitish maskanida o‘qish imtiyozlarini olish va MGIMO oilasining bir qismi bo‘lish imkoniyatini beradi. 

Moskva davlat xalqaro musobatalari institutining Toshkent filialining rasmiy veb sayti:

Shodiyev Xalqaro fondi (ICF) haqida 

ICF — Shodiyev Xalqaro fondi 1996 yilda O‘zbekistonda tug‘ilgan Fattoh Shodiyev tomonidan asos solingan nodavlat xayriya tashkilotidir. Fond MDH, Osiyo va Yevropada xayriya loyihalari bilan shug‘ullanadi. O‘zbekiston Respublikasi hududida fond o‘z faoliyatini 2017 yil 28 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatga olingan Vakolatxona tomonidan amalga oshiradi. Fondning O‘zbekistondagi Vakolatxonasining asosiy vazifalari ijtimoiy, ilmiy, tibbiy sohalarda, madaniyat, san’at, ta’lim va sportni qo‘llab-quvvatlash, ta’lim va tibbiyot muassasalariga, kam ta’minlangan qatlamga insonparvarlik yordami ko‘rsatishdan iborat. 

Shodiyev Xalqaro fondi asoschisi haqida

Fattoh Shodiyev 1953 yil 15 aprelda O‘zbekistonning Jizzax shahrida tug‘ilgan.  Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Moskvadagi davlat xalqaro munosabatlar institutini (MGIMO) imtiyozli diplom bilan tugatgan.  Fattoh Shodiyev – siyosat fanlari nomzodi, Qozog‘iston Respublikasi Tabiiy fanlar akademiyasining a’zosi, shuningdek Yaponiya tarixi, iqtisodiyoti va siyosati bo‘yicha 30 dan ortiq ilmiy ishlarning muallifi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

24

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing