Shohjahon Ergashevning navbatdagi jangi sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

O‘zbekistonlik bokschi Shohjahon Ergashevning navbatdagi jangi joriy yilning 10 avgust kuni AQSHning Detroyt shahrida o‘tkaziladi. Ergashev super yengil vazn toifasida (63,5) meksikalik Anxel Martinesga qarshi ringga chiqadi. Jang 8 raund etib belgilangan.

Shohjahon professional boksdagi faoliyati davomida 22 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alabaga erishgan. Navbatdagi jang bokschi uchun  2022 yildagi ikkinchi muhim bahsdir.

“Men mashg‘ulotlar jarayonida kundan kunga o‘sayotganimdan, texnik-taktik mahoratimni oshirayotganimdan xursandman. Har bir raqibimni hurmat qilaman. Uning kuchli tomonlarini o‘rganaman. Zarur xulosalar chiqaraman. Asosiy e’tiborim chempionlikka qaratilgan. Kelajakda kim bilan uchrashishimdan qat’i nazar, u Ridjis Progreys bo‘ladimi, super yengil vaznda amaldagi jahon chempioni Josh Teylormi, Jek Ketterollmi barcha-barchasi bilan ro‘baro‘ kelishga tayyorman”, deya intervyu bergan Ergashev, vRINGe sayti muxbiriga.

Eslatib o‘tamiz, Shohjahon Ergashev joriy yilning may oyida o‘tgan eng so‘nggi jangida argentinalik Luis Alberto Veronaga qarshi ringga ko‘tarilib, ochkolar hisobida g‘olib chiqqandi

Ibrohim Davronov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

403

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing