Shohjahon Ergashev vaznidagi Teylor kamarini yutqazib qo‘ydi
Sport
−
11 iyun 2023 21379 1 daqiqa
Bugun, 11 iyun kuni boks bo‘yicha super yengil vazn toifasida WBO chempioni Josh Teylor Teofimo Lopesga qarshi ringga ko‘tarildi. To‘liq 12 raund davom etgan bahsda g‘olib nomi hakamlar qarori bilan aniqlandi.
Nyu-York shahrida joylashgan “Madison Square Garden” arenaga yig‘ilganlar shotlandiyalik Josh Teylorning alamli mag‘lubiyatiga guvoh bo‘ldi. AQSH vakili hakamlarning 115-113, 115-113, 117-111 hisobidagi qarori bilan Teylordan ustun keldi.

Ma’lumot uchun, ushbu jangdan so‘ng bokschilarning professional faoliyatidagi statistikasi bir xil, 20 ta jangda 19 ta g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyat ko‘rinishiga keldi. Hatto, har ikkisining hisobida 13 tadan nokautli g‘alaba bor.
Muhsinjon Umurzoqov
Live
Barchasi