Shohruh Shoraxmetov lavozimidan “uchdi”

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi Shohruh Shoraxmetov lavozimidan ozod etildi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, uning lavozimidan bo‘shatilishi boshqa ishga o‘tishi sabab ro‘y bergan. Biroq u aynan qaysi ishga o‘tayotganiga aniqlik kiritilmagan. 

Joriy yilning 9 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini yanada takomillashtirish, qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida kelgusi yilda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishida Shohruh Shoraxmetov lavozimidan ozod etilishi mumkinligi aytilgan edi. 

Yig‘ilishda yirik savdo tarmoqlarida mahalliy ishlab chiqaruvchilarga teng sharoit yaratilmagani, ulardan mahsulot pulini olishdagi muammolar, aholida mahsulot sifati va narx-navosi bo‘yicha shikoyatlar ko‘pligi Raqobat qo‘mitasi faoliyatidagi jiddiy kamchiliklardan dalolat ekani ta’kidlandi.

Shu munosabat bilan qo‘mita raisi Shohruh Shoraxmetovning egallab turgan lavozimiga loyiqligi masalasini ko‘rib chiqish topshirildi.

Ma’lumot uchun, Shohruh Shoraxmetov 1998 yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 1999 yilda esa Buyuk Britaniyaning Ekseter universitetini tamomlagan. 2021 yildan sobiq Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, hozirgi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasini boshqarib kelmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing