Shohruh Rahimov lavozimidan ozod qilindi
Jamiyat
−
15 mart 2023
19602O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xalqaro hamkorlik va rivojlanish agentligi direktori Shohruh Hamidovich Rahimov o‘z lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining “Yangi O‘zbekiston” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, Rahimov boshqa lavozimga o‘tishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining kecha, 14 martdagi qaroriga asosan ishdan bo‘shatilgan.
Ma’lumot uchun, Shohruh Rahimov mazkur lavozimga 2022 yil fevral oyida tayinlangan edi. Avvalroq, u vazirlikning Koreya Respublikasi bilan investitsion hamkorlikni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.
LiveBarchasi