Shohjahon Ergashev ertaga ringga ko‘tariladi
Sport
−
10 avgust 2022
4734O‘zbekistonlik bokschi Shohjahon Ergashev ertaga, 11 avgust kuni AQSHning Detroyt shahrida meksikalik Anxel Martinesga qarshi ringga chiqadi. Super yengil vazn toifasida (63,5 kg) o‘tkazilayotgan jang, 10 raund etib belgilangan.
Shohjahon professional boksdagi faoliyati davomida 22 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alabaga erishgan. Navbatdagi jang bokschi uchun 2022 yildagi ikkinchi muhim bahsdir.
Eslatib o‘tamiz, Shohjahon Ergashev joriy yilning may oyida o‘tgan so‘nggi jangida argentinalik Luis Alberto Veronaga qarshi ringga ko‘tarilib, ochkolar hisobida g‘olib chiqqandi.
Ibrohim Davronov
LiveBarchasi