Shimoliy Makedoniya yana rus diplomatlarini quvdi
Olam
−
15 aprel 2022
5252Shimoliy Makedoniya yana olti nafar rossiyalik diplomatni “persona non grata” deb e’lon qildi. Bu haqda TASS respublika Tashqi ishlar vazirligi tarqatgan bayonotga asoslanib, xabar berdi.
“Bugun Rossiya Federatsiyasining mamlakatdagi elchisi Sergey Bazdnikin TIVga chaqirilib, unga Rossiyaning Skopedagi elchixonasining olti nafar diplomatini “persona non grata” deb e’lon qilgan diplomatik nota topshirildi. Vakolatli organlardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu shaxslar Diplomatik munosabatlar to‘g‘risidagi Vena konvensiyasiga zid bo‘lgan faoliyatni amalga oshirgan ”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, bu shaxslar yaqin besh kun ichida Shimoliy Makedoniya Respublikasi hududini tark etishi kerak.
Mazkur holatga javoban Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Matbuot kotibi Mariya Zaxarova Rossiya tez orada javob choralarini ko‘rishini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, 28 mart kuni Rossiyaning Skopedagi elchixonasi matbuot kotibi Ilya Serov Shimoliy Makedoniya hukumati besh nafar rossiyalik diplomatni chiqarib yuborishga qaror qilganini aytgan edi. O‘shanda taqdim etilgan notada Rossiya elchixonasining besh xodimi “persona non grata” sifatida qayd etilgan. Diplomatlar respublika hududini besh kun ichida tark etishlari ham belgilangandi.
Ma’lumot uchun, 2021 yilda Shimoliy Makedoniya hukumati ikki marta Rossiya elchixonasi xodimlarini chiqarib yuborgan.
LiveBarchasi