Shimoliy Koreyadan xush xabar keldi

Sport

image

Koreya Xalq Demokratik Respublikasi poytaxti Pxenyan shahridagi og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati o‘zbekistonlik sportchilar uchun muvaffaqiyatli o‘tmoqda.

Turnirning qizlar o‘rtasidagi bahslarida 49 kilogramm vazn toifasida supaga chiqqan Nigora Abdullayeva dast ko‘tarish va siltab ko‘tarish mashqlarida jami 170 kilogramm toshni o‘ziga bo‘ysundirib, o‘smirlar o‘rtasida kumush va yoshlar o‘rtasida bronza medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, erkaklar o‘rtasidagi bellashuvlarning 73 kkilogramm vazn toifasida O‘zbekiston vakillari oltin va kumush medalga ega bo‘ldi.

Xususan, ushbu bahsda ikki yo‘nalish natijasiga ko‘ra, 294 kilogrammlik natija qayd etgan Asadbek Narimonov turnir g‘olibiga aylangan bo‘lsa, Og‘abek To‘xtayev 292 kilogramm toshni o‘ziga bo‘ysundirib ikkinchi o‘rin sohibiga aylandi.


Maqola muallifi

Teglar

Nigora Abdullaeva Asadbek Narimonov Og'abek To'xtaev

Baholaganlar

87

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar