Shimoliy Koreyada K-pop muxlislari qatl etildi
Olam
−
17 dekabr 2021
34773Shimoliy Koreyaning yetti nafar fuqarosi Janubiy Koreyaning K-pop guruhlari kliplarini tomosha qilgani va tarqatgani uchun qatl etildi.Mazkur holat yuzasidan “The New York Times” Seuldagi TJWG nohukumat huquq tashkiloti hisobotiga tayanib ma’lumot bergan.
Koreya Xalq Demokratik Respublikasi yetakchisi Kim Chen In K-pop musiqasini “koreyslar ongini buzuvchi”deya ta’kidlagan, shuningdek u K-pop musiqasi va G‘arb madaniyatiga qarshi kurashish uchun o‘lim jazosi berilishini aytgan. Qatl etilganlarning oilalari bu dahshatli hodisani kuzatishga majbur bo‘ldi, deyiladi xabarda.
Shu bilan birga, qatl aholini qo‘rqitish maqsadida ommaviy ravishda amalga oshirilgani ma’lum bo‘ldi. Hukmni uchta askar bajargan, ular ayblanuvchiga jami 9 marta o‘q uzgan.
Ma’lumot uchun, K-pop ingliz va koreys popining qorishmasi — Janubiy Koreyada paydo bo‘lgan va g‘arbiy elektropop, xip-xop, raqs musiqasi va zamonaviy elementlarni o‘z ichiga olgan musiqiy janr hisoblanadi.
Munira Tursunova
LiveBarchasi