Shimoliy Koreya Yapon dengiziga ikkita ballistik raketa uchirdi

Olam

image

Bugun, 18 dekabr kuni Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomon taxminan 25 daqiqalik oraliqda ikkita ballistik raketa uchirdi. Bu haqda Yaponiya qirg‘oq xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, hozircha ikki raketaning aniq tushgan joyi ma’lum emas.

“NHK” va “Kyodo” agentligining hukumatdagi manbalariga ko‘ra xabar berishicha, ikkala raketa ham Yapon dengizidagi Yaponiyaning eksklyuziv iqtisodiy zonasidan tashqariga tushgan.

Yaponiya aholini mintaqadagi kemalarda raketa parchalari topilsa, ularga yaqinlashmaslikka, zudlik bilan rasmiylarga murojaat qilishga chaqirgan.

Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida idorasi qoshida KXDR tomonidan yangi raketa uchirilishi bilan bog‘liq ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilish bo‘yicha  shtab-kvartira ish boshlagan.

Rasmiylarga ko‘ra, hozirga qadar Shimoliy Koreya tomonidan raketa uchirilishi oqibatida Yaponiyaga qanday zarar yetkazilgani haqida xabar berilmagan.

Janubiy Koreya harbiylari ham Pxenyan tomonidan raketa uchirilgani haqida ma’lum qilgan, ammo raketaning aniq turi hozircha aytilmagan. Shimoliy Koreyaning bu raketa uchirilishi yil boshidan beri o‘ttiz beshinchisi bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

110

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made