Shimoliy Koreya va AQSH kelisha olmadi. Tramp maxsus bayonot berdi

Olam

image

Biroz oldin AQSH prezidenti Donald Tramp va KXDR rahbari Kim Chen Inning Vetnam poytaxti Xanoyidagi muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirib qolganligi haqida xabar bergan edik.

Hozirgina Xanoyda bo‘lib o‘tgan AQSH sammiti yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida Qo‘shma Shtatlar prezidenti Tramp bunga oydinlik kiritib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra KXDR yetakchisi Yonbendagi yadro ob’ektini yo‘q qilish evaziga barcha sanksiyalar bekor qilinishini talab qilgan. Ammo rasmiy Vashington bu talabni qabul qilishn istamagan.

“Shimoliy Koreya tomoni barcha sanksiyalarni butunlay olib tashlashni xohlashdi, biz esa buni qila olmadik” dedi matbuot uchun chiqishida Donald Tramp.

Shuningdek u ikki kunlik muzokaralar davomida, ikki tomonlama yaxshi aloqalarni yo‘lga qo‘yish va yadroviy kelishuvga erishish uchun harakat qilinganligini, ammo yakunda bu borada ijobiy kelishuv yuzaga kelmaganini aytib o‘tdi.
 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

129

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing