Shimoliy Koreya uranni me’yordan ortiq boyitishda gumon qilinmoqda
Olam
−
02 mart 2021 5887 1 daqiqa
Shimoliy Koreyaning Kangson maydonida boyitilgan uran ishlab chiqarish belgilari mavjud. Bu haqda Xalqaro Atom Energiyasi Agentligi bosh direktori Rafael Grossi o‘z ma’ruzasida aytib o‘tdi. Matn tashkilot saytida e’lon qilingan.
U tegishli belgilar aniqlanganligini tasdiqladi. Boshqa joylarda, xususan, Yonben ob’ektida bunday o‘xshash belgilar mavjud emas. Grossining ta’kidlashicha, ilgari yopilgan KXDRning bir qator yadro inshootlari hanuzgacha ishlamayapti.
Joriy yilning fevral oyi oxirida Grossi Agentlik va Eron yadro inshootlarini kuzatish bo‘yicha texnik tushunchaga erishganligini xabar qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu notinch vaziyatni barqarorlashtirishga yordam beradi va Eron yadro faoliyati bo‘yicha keyingi siyosiy masalalarni yuzaga chiqaradi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr