Shimoliy Koreya Sariq dengizga yana to‘rtta raketa uchirdi

Olam

image

Shimoliy Koreya Sariq dengizga to‘rtta qisqa masofali ballistik raketa uchirdi. Bu haqda Janubiy Koreyaning “Yonhap” axborot agentligi xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, raketalar Shimoliy Pxyongan viloyatidagi Tonnim hududidan mahalliy vaqt bilan soat 11:32 dan 11:59 gacha uchirilgan.

Raketalarning uchish masofasi taxminan 130 km, parvoz balandligi taxminan 20 km va tezligi taxminan 5 km/soatni tashkil qiladi.

“Yonhap” xabariga ko‘ra, boshqa xususiyatlar Janubiy Koreya va AQSH razvedka xizmatlari tomonidan sinchkovlik bilan tahlil qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, uchirishlar KXDR qarshilik ko‘rsatgan AQSH va Janubiy Koreyaning “Vigilant Storm” qo‘shma havo mashqlari fonida amalga oshirilmoqda. Ular 31 oktyabrda boshlangan va 4 noyabrgacha davom etadi. Manyovrlarda 240 dan ortiq samolyotlar, jumladan, Amerikaning ilg‘or F-35A stels qiruvchi samolyotlari ishtirok etmoqda. 

KXDR Seul va Vashingtonning ushbu va boshqa mashg‘ulotlari tufayli Koreya yarim oroli dunyoda harbiy keskinlik eng yuqori bo‘lgan qaynoq nuqtaga aylangani va mintaqadagi xavfsizlik vaziyati yanada jiddiylashganini aytdi.

Oktyabr oyida Shimoliy Koreya beshdan ortiq raketa uchirishni amalga oshirdi, KXDR ham qanotli raketalarni sinovdan o‘tkazdi. Bundan tashqari, 24 oktyabr kuni Janubiy va Shimoliy Koreya harbiylari o‘rtasida otishma bo‘lib o‘tdi: Seulning ogohlantiruvchi o‘qlariga javoban,  KXDR kemasining Sariq dengizdagi dengiz demarkatsiya chizig‘ini kesib o‘tganligi sababli, Pxenyandan bir nechta raketa tizimlari orqali 10 ta snaryad otildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

81

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing