IIV rasmiysi ekopartiya vakilining “qovun”iga javob berdi
Jamiyat
−
12 dekabr 2019
14240Partiyaning a’zosi tomonidan Toshkentga kelishdan oldin o‘z hududidagi inspektor ro‘yxatidan o‘tish fikriga IIV vakili o‘z munosabatini bildirdi. U huquqiy savodxonlikka ko‘proq e’tibor qaratishga urg‘u berdi.
AOKAda IIV tashabbusi bilan “Turizm va transport ob’ektlarida xavfsizlikni ta’minlash sohasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi. Vazirlik matbuot xizmati rahbari Shohruh G‘iyosov Ekologik partiya vakili Ulug‘bek Pirmuhammedov fikrlariga shunday munosabat bildirdi.
“Kecha Xalqaro press-klubda aytdim. Balki bu bizning aybimizdir. Biz kam huquqiy targ‘ibot olib boramiz. To‘g‘risi, ular tushunmasdan gapirib yubordi. Uzr ham so‘radi. Buni shaxsiy fikrim deb aytdi. Umuman tribunaga chiqib gapirayotgan odam, partiya nomidan qatnashayotganda sal o‘z ustida ishlashi kerak. Har qanday odam. Tribunaga chiqayotganda sal huquqiy savodxonlikni oshirish kerak, kitoblar o‘qish kerak. So‘ngra chiqish kerak”, – deya o‘z fikrlarini berdi Shohruh G‘iyosov.
Tadbir davomida IIV vakillari turistlar xavfsizligi borasida o‘tkazgan profilaktik tadbirlar haqida ma’lumotlar taqdim etishdi.
Ma’lum qilinishicha, xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘linmalari tomonidan 7781 marotaba profilaktik tadbir o‘tkazilgan. Xususan, turizm namoyishi ob’ektlari va ularga tutash hududlarda yashab, profilaktik hisobda turganlar bilan 6289 marotaba profilaktik tadbirlar o‘tkazilgan.
LiveBarchasi