O‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash bo‘yicha hujjatlar qabul qilish boshlandi

Jamiyat

image

Ma’lum sabablarga ko‘ra o‘qishdan ta’til olib,joriy o‘quv yilidan boshlab ta’lim olishni davom yettirmoqchi bo‘lgan talabalar yoki o‘zi o‘qib turgan OTMdan boshqa oliygohga o‘qishlarini ko‘chirmoqchi bo‘lgan talabalar uchun bugun, 15 iyuldan boshlab, hududlarda talabalarning o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash bo‘yicha arizalar qabul qilish boshlandi.

Arizalar ishchi guruhlarda 5 avgustga qadar har kuni soat 9:00 dan 17:00 gacha (yakshanba – dam olish kuni; shanba – soat 9:00 dan 15:00 gacha) qabul qilinadi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining xabar berishicha, ishchi guruhlar quyidagi OTMlarda ishlamoqda:

1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi — Qoraqalpoq davlat universiteti — Ishchi guruh rahbari A.K.Reyimov;

2. Andijon viloyati — Andijon davlat universiteti — A.S.Yuldashev;

3. Buxoro viloyati — Buxoro muhandislik-texnologiya instituti — N.R.Barakayev;

4. Jizzax viloyati — Jizzax politexnika instituti — A.Q.Usmonqulov;

5. Qashqadaryo viloyati — Qarshi davlat universiteti — B.A.Shoimqulov;

6. Navoiy viloyati — Navoiy davlat konchilik instituti — Q.Sanaqulov;

7. Namangan viloyati — Namangan davlat universiteti — M.X.Esanov;

8. Samarqand viloyati — Samarqand davlat universiteti — R.I.Xalmuradov;

9. Sirdaryo viloyati — Guliston davlat universiteti — M.T.Xodjiyev;

10. Surxondaryo viloyati — Termiz davlat universiteti — A.X.Toshqulov;

11. Farg‘ona viloyati — Farg‘ona politexnika instituti — O.X.Otaqulov 

12. Xorazm viloyati — Urganch davlat universiteti — B.I.Abdullayev;

13. Toshkent shahri va Toshkent viloyati — Toshkent davlat texnika universiteti — S.M.Turabjanov;
 
"Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida" 
Nizomga muofiq quyidagi hollarda talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash talabani qabul qilayotgan oliy ta’lim muassasasi bo‘ysunadigan vazirlik (idora) qarori asosida amalga oshiriladi:

oliy ta’limning mos va turdosh yo‘nalishlari hamda mos mutaxassisliklari bo‘yicha bir vazirlik (idora) doirasida boshqa oliy ta’lim muassasasiga;

oliy ta’limning mos va turdosh yo‘nalishlari hamda mos mutaxassisliklari bo‘yicha turli vazirlik (idora) doirasida bir oliy ta’lim muassasasidan boshqa oliy ta’lim muassasasiga.

Quyidagi hollarda talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash Davlat komissiyasi qarori bilan amalga oshiriladi:

xorijiy davlatlarning akkreditatsiyaga ega bo‘lgan oliy ta’lim muassasalaridan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga;

bir oliy ta’lim muassasasi doirasida yoki bir vazirlik yoki idora yoxud turli vazirliklar va idoralar tizimidagi oliy ta’lim muassasalariga oliy ta’limning turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlariga va istisno tariqasida mos bo‘lmagan mutaxassisliklariga.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

91

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing