Shimoliy Koreya Prezidentining xotini erini yonida yig‘ladi
Olam
−
03 avgust 2022
26222Koreya Xalq Demokratik Respublikasi Birinchi xonimi Ri Sol Ju eri Kim Chen Inning yonida davlat madhiyasini kuylab, yig‘ladi. Birinchi xonimning ko‘z yoshi to‘kishi aks etgan kadrlar “The Guardian” tomonidan namoyish qilindi.
Qayd etilishicha, holat joriy yilning 27 iyul kuni Koreya urushidagi sulhning 69 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda kuzatilgan.
Voqeani xotirlash marosimida qilgan nutqida Kim Chen In yadroviy qurollarni safarbar qilish va mamlakat Amerika Qo‘shma Shtatlariga qarshi turishga tayyor ekanini ta’kidlagan.
Shuningdek, Janubiy Koreyaning 13-Prezidenti Yun Sok Yolning nomini qoralab, Shimoliy armiyani zararsizlantirishga urinishlarini “bema’nilik” deb atagan.
LiveBarchasi