Shimoliy Koreya qarshiligiga qaramay AQSH va Janubiy Koreya harbiy havo mashg‘ulotlarini o‘tkazmoqda

Olam

image

Shimoliy Koreyaning qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar yarim oroldagi keskinlikni oshirayotgani haqidagi shikoyatlariga qaramay, AQSH va Janubiy Koreya bugun, 3 fevral kuni o‘zlarining so‘nggi rusumdagi jangovar samolyotlari bilan bir hafta ichida ikkinchi marta mashg‘ulotlar o‘tkazdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 3 fevral kuni ikki davlat Koreya yarim oroli g‘arbiy qismida, dengiz ustida Janubiy Koreyaning F35A hamda AQSHning F-22 va F-35B kabi jangovar samolyotlari ishtirokida qo‘shma havo mashqlari o‘tkazgan.

“Shimoliy Koreyaning yadroviy va raketa tahdidlariga qarshi kuchli javob qaytarish va tayyor turishi uchun qo‘shma mashg‘ulotlarni kuchaytirishda davom etamiz”, deyiladi Janubiy Koreya harbiylarining bayonotida.

Shimoliy Koreya Tashqi ishlar vazirligi esa Amerika Qo‘shma Shtatlari va uning ittifoqchilarining oldingi mashg‘ulotlari “o‘ta qizil chiziq”ga yetganini ma’lum qilib, yarimorolni katta urush arsenaliga va muhimroq urush zonasiga aylantirish bilan tahdid qildi.

Shuninghdek, Shimoliy Koreya davlat axborot agentligi tarqatgan bayonotda Vashington dushmanona siyosat yuritar ekan, Pxenyan muloqotdan manfaatdor emasligi ma’lum qilingan.

Ma’lumot uchun, o‘tgan yili Shimoliy Koreya BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyalari bilan taqiqlangan rekord miqdordagi ballistik raketa sinovlarini o‘tkazdi. Shuningdek, Shimoliy Koreyada 2017 yildan beri birinchi marta yadroviy sinov o‘tkazilishi kutilayotgan yadroviy qurol sinov maydonchasi qayta ochildi.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing