Shimoliy Koreya fuqarolarni o‘z ismlarini o‘zgartirishga majbur qilmoqda
Olam
−
06 dekabr 2022
25020Shimoliy Koreya fuqarolardan o‘z ismlarini mafkuraviy ma’noga ega bo‘lgan nomlarga almashtirishni talab qilmoqda. Bu haqda “Radio Free Asia” nashri xabar berdi.
Avvallari Shimoliy koreyaliklar o‘z farzandlariga Chung Sim (sadoqat), Chong Il (qurol), Pok Il (bomba) yoki Ui Song (sun’iy yo‘ldosh) kabi mafkuraviy yoki hatto militaristik ma’noga ega bo‘lgan vatanparvarlik nomlarini berishga da’vat etilgan.
So‘nggi yillarda mamlakat tashqi dunyo uchun ko‘proq ochiq bo‘lganligi sababli shimoliy koreyaliklar o‘z farzandlaariga Ri (sevimli), Ra (chig‘anoq qobiq) va Su Mi (super go‘zallik) kabi aytishga oson, muloyimroq ma’noga ega ismlarni qo‘ya boshlagan.
Shuningdek, shimoliy koreyaliklar qattiqroq jaranglaydigan undoshlar bilan tugaydigan ismlar o‘rniga bolalariga yumshoqroq unlilar bilan tugaydigan ismlarni bera boshlagan. Bu ko‘proq janubiy koreyaliklarga xos odat hisoblanadi.
Ammo oxirgi paytlarda Shimoliy Koreya hukumati bu tendensiyani qisqartirib, fuqarolardan yetarlicha “inqilobiy” mazmunga ega bo‘lmagan ismlarini mafkuraviy nomlarga almashtirishni talab qilmoqda. Shuningdek, hukumat ismini o‘zgartirmagan odamlarga jarima solish bilan tahdid qilishini ta’kidlagan.
Ozoda Choriyeva
LiveBarchasi