Shifokorlarga ko‘cha tozalatgan rahbar jarimaga tortildi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda shifokorlar o‘z xizmat vazifasiga kirmaydigan ishga jalb qilingani va ular ko‘cha supurishga majburlangani haqida xabarlar tarqaldi. 

Mazkur xabar bo‘yicha Toshkent viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xabar berdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 15 iyun kuni Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumani tibbiyot birlashmasi 55-sonli oilaviy poliklinikasi rahbari tomonidan 7 nafar xodimni poliklinika hududini tozalash ishlariga majburan jalb etilgan.

Shu sababli, poliklinika rahbariga O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasi 1 qismiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 50 barobari (12,250,000 so‘m) miqdorida ma’muriy jarima qo‘llanildi.

Avvalroq, tez tibbiy yordam mashinasini o‘tkazmagan Yo‘l-patrul xizmati xodimlari ishdan bo‘shatilganligi haqida xabar bergan edik.

Yulduz Abdurashidova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

60

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing