Shifokorlarga qaysi hududlarda qo‘shimcha ustama to‘lanishi tasdiqlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalarida faoliyat yuritayotgan shifokorlar oylik ish haqiga qo‘shimcha har oylik ustama to‘lanadigan olis va chekka hududlar (297 ta) ro‘yxati tasdiqlandi.

Olis va chekka hududlarda oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalari shifokorlari uchun “Qishloq shifokori” dasturi doirasida:

•  olis va chekka hududlardagi oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarda faoliyat yuritayotgan barcha shifokorlar oylik ish haqiga qo‘shimcha 2 million so‘m miqdorida har oylik ustama belgilanadi hamda ularga ipoteka asosida uy-joy sotib olishda uy-joy qiymatining 50 foizigacha qismi, biroq BHMning 500 barobaridan (150 mln so‘mdan) oshmagan miqdorda qoplab beriladi;

•  olis va chekka hududlarda uzluksiz 3 yil ishlagan shifokorlar klinik ordinaturaga test sinovlarisiz qabul qilinadi.

Bilol Norqobilov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

199

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing