“Shifokorlar ittifoqi” rahbari Navalniyni ko‘rgani qamoqxonaga bordi

Olam

image

Bugun, 6 aprel kuni “Shifokorlar ittifoqi” rahbari Anastasiya Vasileva va yigirmaga yaqin faol Aleksey Navalniy saqlanayotgan axloq tuzatish muassasasiga keldi. Bu haqda “ZNAK” nashri yozmoqda

Ma’lum qilinishicha, Vasileva Federal jazoni ijro etish xizmati vakillari bilan aloqada bo‘lib, muxolifatchi Navalniyning oldiga kirishni talab qilgan. 20 ga yaqin faol esa “ruxsat ber” deb qamoqxona oldida baqirgan. 

Shundan so‘ng, axloq tuzatish muassasasiga kelgan xavfsizlik kuchlari OAV vakillaridan koloniya yaqinidagi xavfsizlik hududidan chiqib ketishni talab qilgan.

Vasilevaga ko‘ra, koloniya rahbari bugun ta’tilda. Shu sababli u  Navalniyning oldiga kirish uchun Rarayev familiyali koloniya rahbari o‘rinbosari bilan aloqa o‘rnatishga harakat qilmoqda.

“Shifokorlar ittifoqi”rahbariga qo‘shilib kelgan tibbiyot xodimlari muxolifatchini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilgan.

“Biz bu yerga Navalniyni qo‘llab-quvvatlash uchun, shuningdek, qanchalik adolatsizlik yuz berayotganini bilganimiz uchun keldik”, deydi Yelena ismli shifokor.

Moskva viloyatidan kelgan tez yordam shifokori Yelena Aydabulova koloniya boshlig‘i bilan uchrashishga harakat qilishini aytgan. 

“Biz kirib, bemorimizni ko‘rishni xohlaymiz. O‘ylaymanki, tibbiyot xodimlari sifatida qo‘limizdan kelgancha yordam berishimiz kerak”, deydi Aydabulova. 

Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, hozir Navalniyning umurtqa pog‘onasida churra bor va bu beldan pastki qismlarni falaj holatiga olib kelishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 2 aprel kuni “Shifokorlar ittifoqi” siyosatchi saqlanayotgan koloniya devorlari oldida miting o‘tkazishini e’lon qilgan. Bunga sog‘lig‘i yomonlashayotganidan shikoyat qilayotgan siyosatchi Aleksey Navalniyga shifokor ko‘rigidan o‘tishga ruxsat berilmayotgani sabab qilib ko‘rsatilgan.

O‘z navbatida, Aleksey Navalniy tana harorati 38 darajadan oshib ketgani hamda bel va oyoq qismidagi og‘riqlardan shikoyat qilgan. Navalniyga shifokor ko‘rigidan o‘tishga ruxsat berilmagach, u ochlik e’lon qilgan.

So‘nggi xabarlarga ko‘ra, siyosatchini ko‘rgani kelgan “Shifokorlar ittifoqi”rahbari ham hibsga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

136

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing