Shifokor uzoq umr ko‘rish sirini ochib berdi

Salomatlik

image

Janubiy Kaliforniya universiteti qoshidagi Lorens J. Ellison nomidagi Transformativ tibbiyot instituti asoschisi Devid Agus “Sog‘lom Moskva” yig‘inida uzoq umr ko‘rish uchun nima qilish kerakligini aytdi. 

“Chekmang, faqat tabiiy ovqatni iste’mol qiling, vitamin va qo‘shimchalarni tashlang, aspirin bilan cheklanmang, emlashlar, grippni ham unutmang. Va eng muhimi! Yolg‘iz qolmang va kechki ovqat paytida bir stakan yaxshi sharob iching”, dedi shifokor.

Agus miyani ortiqcha zo‘riqtirmaslik, tanani kun tartibiga odatlantirish va qulay va sokin uxlash uchun joy ajratish, yotishdan oldin kamida ikki soat oldin ishlashni to‘xtatishni maslahat berdi.

Bundan tashqari, mutaxassis harakatda yashashni tavsiya etib, bunda faqat sport zali bilan cheklanmaslik kerakligin qo‘shimcha qildi. U miyani ishlatish, shu orqali uni charxlash va murakkab masalalarni hal qilish kerakligini xam eslatdi.

Agus zamonaviy tibbiyot insonga salomatlik va yaxshi formani saqlashga yordam bera olishini aytib o‘tdi. U kelajakda shifokorlar qarishni to‘xtata oladigan va nojo‘ya ta’sir ko‘rsatmaydigan dori-darmonlarni yaratishga qodirligiga ishonadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

381

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing