Shifokor Avazbek G‘aniyev vafot etdi. U Farg‘ona viloyati hokimining akasi edi

Jamiyat

image

Marg‘ilon shahar tibbiyot birlashmasi rahbari Avazbek G‘aniyev vafot etdi.  Bu haqda Farg‘ona viloyati hokimligi Matbuot xizmati rahbari Muhammadjon Obidov ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qildi. 

Avazbek G‘aniyev kecha, 15 sentyabr kuni 62 yoshida olamdan o‘tgan. Uning vafotiga koronavirus xastatiligi sabab bo‘lmagan. U qon bosimi keskin ko‘tarilib ketishi va miyaga quyilishi tashxisi bilan vafot etgan.

“U otasi Madaminjon G‘aniyevga juda juda o‘xshaydi, deyishar edi. Yaqinlari, do‘stlari, xamkasblari u biron bor bo‘lsa-da ovozini ko‘tarib gapirganini eslamaydilar. Hamisha odamlarga qo‘lidan kelganicha yordam qilgan. Barcha farzandlarini halol, mehnatsevar va bilimli qilib tarbiyalagan”, deb yozadi Muhammadjon Obidov. 

Ma’lumot o‘rnida, Avazbek G‘aniyev Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyevning akasi edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

474

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing