Shifoxonalarda yuritiladigan 408 ta hujjat 252 tagacha qisqartirildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2020 yil 31 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi barcha davolash-profilaktika muassasalarida yuritiladigan tibbiy hisob hujjat shakllarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi tegishli buyrug‘iga asosan, tibbiy hisob hujjatlarini yuritishning yangi tartiblari tasdiqlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, ushbu buyruq birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari xodimlarining aholi bilan ko‘proq muloqotda bo‘lishini ta’minlash, profilaktik ishlar samaradorligini yanada oshirish maqsadida qabul qilingan. Mazkur buyruq tizimdagi barcha davolash-profilaktika muassasalarida 2021 yilning yanvar oyidan boshlab yuritilishini ta’minlash maqsadida hududiy tibbiyot xodimlariga onlayn videoseminarlar orqali ham yetkazilmoqda. 

Buyruq bilan shu davrga qadar butun tibbiyot tizimida barcha tibbiyot xodimlari (shifokor, farmatsevt, feldsher, hamshira, laborant va hokazo)lar tomonidan yuritib kelingan jami 408 ta tibbiy hujjat shakllari 252 tagacha qisqartirilgan. 

Shuningdek, tibbiy hisob hujjatlari orasida bir-birini takrorlaydigan shakllar optimallashtirilgan. Masalan, qabul qilingan va rad etilgan homiladorlar, tuqqan ayollarni hisobga olish jurnalining muassasada yuritiladigan boshqa jurnallarda takrorlanadigan qismi olib tashlangan.

Xabarga ko‘ra, birlamchi tibbiyot tizimi, shuningdek, qon bilan ishlash xizmati muassasalari xodimlari tomonidan yuritilayotgan tibbiy hujjat shakllarining yarmidan ko‘pi qisqartilib, endilikda mazkur muassasa xodimlari tomonidan 25 turdagi tibbiy hujjat shakllari yuritilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

67

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing