Shifoxonalar va karantin markazida kunlik ovqat xarajati 30-35 ming so‘mdan oshmasligi belgilandi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda COVID-19 ga qarshi kurash tadbirlariga jalb qilingan shifoxonalar hamda karantin markazlarida ovqatlantirish xarajatlari me’yorlashtirildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tavsiyalariga ko‘ra, to‘g‘ri va sog‘lom ovqatlanish davolanishning muhim qismi hisoblanishini hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tavsiyalarini inobatga olib, shuningdek, bemorlar va karantinga olingan shaxslarni ovqatlantirishda ortiqcha isrofgarchiliklarning oldini olish maqsadida Respublika maxsus komissiyasining 2020 yilning 17 avgustidagi tegishli yig‘ilish bayoniga muvofiq, kunlik ovqatlantirish xarajatlari me’yorlashtirishtirilgan. 

Unga ko‘ra, koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash tadbirlariga jalb qilingan barcha muassasalar va karantin markazlarida byudjet va Inqirozga qarshi kurashish jag‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan autsorsing xizmati orqali kunlik ovqatlantirish xarajatlari ertaga, 20 avgustdan boshlab Toshkent shahri va Toshkent viloyatida 35,0 ming so‘mgacha hamda boshqa hududlarda 30,0 ming so‘mgacha bo‘lgan miqdorda belgilangan.

Ushbu belgilangan narxlardan oshmagan yoki kamroq narxlarda ovqatlantirish tashkillashtirilgan holatlarda, o‘sha belgilangan miqdorlarda autsorsing xizmati orqali kunlik ovqatlantirishni yetkazib beruvchi xo‘jalik sub’ektlari bilan tuzilgan shartnomaga asosan faoliyatni davom ettirish tavsiya etilmoqda. 

Xabarda qayd etilgan me’yorlarga muvofiq, autsorsing xizmati orqali yetkazib beruvchi xo‘jalik sub’ektlari bilan tuzilgan shartnomaga asosan kunlik ovqatlantirish me’yori va oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va sog‘liq uchun foydaliligi talab darajasida bo‘lishiga e’tibor qaratish lozimligi aytiladi. 

Byudjetdan tashqari va boshqa mablag‘lar hisobidan ovqatlantirish tashkil etilganda, kunlik ovqatlantirish xarajatlari miqdorlari erkin narxlarda belgilanishi mumkinligi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan kunlik ovqatlantirish me’yorlari qayta ko‘rib chiqilishi va natijalari bo‘yicha xabardor qilishi ma’lum qilinmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

69

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing