Shifoxonada davolanayotgan koronavirus bemorlari qariyb 10 000 nafarga yetdi – Prezident

Jamiyat

image

O‘zbekistonda koronavirusga chalinib, shifoxonalarda davolanayotgan bemorlar soni 10 mingga yaqinlashgan. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Yig‘ilish avvalida, davlat rahbari pandemiyani yengib o‘tish doirasida olib borilayotgan ishlarga alohida to‘xtaldi.

“Pandemiya davrida dunyo bo‘ylab koronavirus aniqlangan 200 million nafar bemorning 4,2 million nafari vafot etdi. Mamlakatimizda ham iyun oyining ikkinchi yarmi va iyul oyidan kasallanish ko‘rsatkichlari keskin o‘sib, kunlik yangi kasallanish holatlari o‘rtacha 750-800 tani, pnevmoniya esa 450-500 tani tashkil etmoqda.

Bugungi kunda 10 mingga yaqin bemor shifoxonada, 3 ming nafari uy sharoitida davolanayotgan bo‘lsa, 2,4 ming nafari og‘ir, 890 nafari o‘ta og‘ir ahvolda”, deydi Prezident. 

Mirziyoyevga ko‘ra, O‘zbekiston kasallikni davolash va uni oldini olish bo‘yicha yetarli tajriba orttirgan.

“Sog‘liqni saqlash tizimi shay holatga keltirilib, barcha zarur vositalar, yetarli dori-darmon va tibbiyot jihozlari bilan ta’minlandi. Ijtimoiy soha ob’ektlari va iqtisodiyot tarmoqlari keskin karantin cheklovlarisiz faoliyatini davom ettirmoqda”, deydi u. 

Yig‘ilishja sog‘liqni saqlash mutasaddilari oldiga uy sharoitida davolanayotgan bemorlarni tizimli nazoratini hamda to‘g‘ri davolanishni targ‘ib qilish topshirig‘i berilgan. Buning uchun, maxsus tibbiyot brigadalari sonini kamida 2 baravarga oshirish, ularni zarur dori vositalari bilan uzluksiz ta’minlash zarurligi qayd etilgan. 

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan berilgan ma’lumotlarga, 2020 yilning 15 martidan bugunga qadar O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 131 978 nafarni tashkil etmoqda. Shuningdek, 11883 kishida pnevmoniya aniqlangan. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

131

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing