Shifoxonada davolanayotgan bolalar uchun maktab tashkil etildi

Jamiyat

image

Joriy yilning 5 may kuni Vazirlar Mahkamasining “Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida davolanayotgan bolalar uchun maktabgacha ta’lim va tarbiya hamda umumiy o‘rta ta’lim berish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qaror bilan Markazda davolanayotgan bolalarga maktabgacha ta’lim va tarbiya hamda umumiy o‘rta ta’lim berish jarayonlarini samarali tashkil etish uchun “Mehrli maktab” davlat ta’lim muassasasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklif ma’qullandi. Maktab yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lib, faoliyatini Xalq ta’limi vazirligi huzurida amalga oshiradi.

Hujjat bilan shuningdek, Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida davolanayotgan bolalar uchun maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim berishni tashkil etish to‘g‘risida nizom tasdiqlandi. U quyidagi normalarni o‘z ichiga oladi:

•    maktabning maqsadlari, vazifalari, huquq va majburiyatlari;
•    maktabda maktabgacha ta’lim va tarbiya jarayonini hamda umumiy o‘rta ta’lim jarayonini tashkil etish;
•    maktabning moliyalashtirish manbalari va boshqalar.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

25

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing