Sherzod Asadov Qozog‘istonning yetakchi OAV rahbari bilan uchrashdi
Jamiyat
−
25 fevral
1593Bugun, 25 fevral kuni Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Qozog‘istonning “Tengrinews”, “Massaget”, “Vesti”, “Juldiz FM”, “Tengri FM” va boshqa ko‘plab yetakchi ommaviy axborot vositalarini birlashtirgan “Alash Media Group” xoldingining asoschisi va bosh direktori Zaure Kazibayeva bilan uchrashdi. Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.
Bildirilishicha, uchrashuv davomida ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi va birgalikdagi sa’y-harakatlari tufayli O‘zbekiston-Qozog‘iston munosabatlari misli ko‘rilmagan darajaga ko‘tarilgani mamnuniyat bilan qayd etilgan.
Shuningdek, uchrashuvda media sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga oid masalalarning keng doirasini batafsil muhokama qilingan.
“Bu qardosh xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini mustahkamlashga xizmat qilishi haqida yakdil fikr bildirildi” deya qo‘shimcha qilgan Asadov.
Shu bilan birga, tomonlar ommaviy axborot vositalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda, jumladan, kontent almashish, press-turlar uyushtirish, O‘zbekiston va Qozog‘istonning boy tarixiy va madaniy merosini xalqaro miqyosda ilgari surishda ularga har tomonlama ko‘maklashishga kelishib olgan.
LiveBarchasi