Shermatov Microsoft'ga O‘zbekistonda ofisini ochishni taklif qildi
Jamiyat
−
20 aprel 2022
4911Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Microsoft kompaniyasiga ofisini O‘zbekistonda ochishni taklif qildi. Bu haqda u joriy yilning 18 aprel kuni Microsoft kompaniyasi vakillari bilan onlayn uchrashuvda so‘z ochgan.
Qayd etilishicha, uchrashuv Shavkat Mirziyoyevning joriy yilning 14 aprel kuni O‘zbekistonni mintaqaviy IT-markazga aylantirish bo‘yicha bergan topshirig‘a asosan o‘tkazilgan.
Yig‘ilishda Microsoft kompaniyasi, Amerika-O‘zbekiston Savdo Palatasi va O‘zbekistonning AQSHdagi elchixonasi vakillari ishtirok etgan.
Unda hamkorlikning dolzarb va istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilingan.
Bundan tashqari, IT yo‘nalishi bo‘yicha ta’limni rivojlantirishga jiddiy e’tibor qaratish, ushbu jarayonlarga ko‘proq yoshlarni jalb etish, malakali kadrlar tayyorlash masalalari ko‘rilgan.
Tomonlar hamkorlikni yanada mustahkamlash va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha ishlarni davom ettirishga tayyor ekanligini bildirgan.
LiveBarchasi