Sherali Jo‘rayev muhim lavozimga tayinlandi 

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Vatandoshlar” jamoat fondini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Qarorda ushbu fond faoliyatini Vasiylik kengashi boshqarishi belgilangan. 

Mazkur qaror bilan O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev “Vatandoshlar” jamoat fondining Vasiylik kengashi raisi, Ravshan Ermatov esa uning o‘rinbosari etib tayinlandi.

Fondning asosiy yo‘nalishlari quyidagilar bo‘ladi:

  • xorijda murakkab hayotiy vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonliklarni moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularga axborot jihatidan hamda huquqiy yordam ko‘rsatish;
  • xorijda o‘zbek tili, madaniyati va an’analarini saqlab qolish hamda rivojlantirishga qaratilgan faoliyatni qo‘llab-quvvatlash;
  • xorijda istiqomat qilayotgan iqtidorli o‘zbekistonliklarning respublika OTMlarida ta’lim olishlariga ko‘mak ko‘rsatish;
  • rivojlangan xorijiy davlatlarda yashab kelayotgan olim va ijodkor o‘zbekistonliklarning ilmiy, ijodiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash;
  • xorijda o‘zbekistonliklar tomonidan tashkil etiladigan nufuzli tadbirlarda mamlakatning taniqli yozuvchi va shoirlari, fan arboblari, diniy ulamolari, madaniyat va san’at vakillari, sportchilari ishtirokini ta’minlashda ko‘maklashish;

Shuningdek, Vasiylik kengashi tarkibida Qudratilla Rafikov, Xurshid Do‘stmuhammad, Naim Karimov, Erkin Komilov, Ozodbek Nazarbekov, Alisher Sa’dullayev va boshqa mutasaddilar hamda jamoatchilik faollari o‘rin egallagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

2921

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing