“Shaytanat”dagi “Manukyan” vafot etdi
Madaniyat-san’at
−
28 may 2025 19648 1 daqiqa
“Shaytanat” serialidagi "Manukyan" obrazi orqali tanilgan aktyor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mixail Kaminskiy kecha, 27 may kuni 72 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Kino arboblari ijodiy uyushmasi xabar berdi.
Mixail Kaminskiy 1953 yilda tug‘ilgan. U ijodiy yo‘li davomida Rossiya yosh tomoshabinlar teatri va Toshkent rus teatrida aktyor bo‘lib ishlagan. 1998 yildan “Aladdin” teatrining badiiy rahbari lavozimida faoliyat yuritgan.
Kaminskiy “Shaytanat”, “Nazira”, “Qo‘rg‘oshin”, “Yetti haykal, bitta kal” kabi filmlarda turli rollarni ijro etgan.
Live
Barchasi
SAXAL jurnalistlarga zarba berilganini tasdiqlab, ulardan birini “Hizbulloh” terrorchisi deb atadi
28 mart
Tramp “qora shahzoda”ni “orqasidan o‘pishi kerak”ligini va unga “bu yoqimli bo‘lishi”ni aytdi
28 mart