Shayxontohurda 2 qavatli do‘kon yonib ketdi (video)
3-sahifa
−
26 noyabr 3157 1 daqiqa
Bugun, 26 noyabr kuni Toshkent shahar Shayxontohur tumanida joylashgan 2 qavatli do‘kon yonib ketdi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 14:54 da 112 tizimi orqali Shayxontohur tumani, Istirohat ko‘chasida joylashgan ikki qavatli binoda yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida shahar FVBga xabar tushgan. Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari soat 15:03 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 15:09 da o‘rab olingan va soat 15:15 da bartaraf etilgan.
Bildirilishicha, yong‘in oqibatida binoning taxminan 100 kvadrat metr maydonda tom va ichki qismi yonib zararlangan. Yong‘in-o‘chiruvchilarning professional harakatlari natijasida yong‘inni keng tarqalishining oldi olingan. Hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar to‘g‘risida xabar tushmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahridagi kafeda yong‘in chiqqan edi. Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar bo‘lmagan.
Live
Barchasi