O‘zbekiston kino san’ati og‘ir judolikka uchradi
Madaniyat-san’at
−
22 mart 2019
25885O‘zbekiston Davlat san’at arbobi, kinossenarist Rixsivoy Muxammadjonov vafot etdi. Bu haqda jurnalist Shoira Hamro ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.
Rixsivoy Muhammadjonov 1940 yil 30 noyabr kuni tug‘ilgan. 1962 yilda Toshkent davlat teatr va rassomchilik institutini, 1972 yilda Ssenariychilar va rejissyorlar oliy kursini tamomlagan.
Rixsivoy Muhammadjonov “Abdullajon”, “Suyunchi”, “Tangalik bolalar”, “Chinor ostidagi duel”, “Kambag‘al odamlar”, “Osmondagi bolalar 1, 2”, “Marjona”, “Sotqin” kabi mashhur filmlarda ssenariy muallifi bo‘lgan. “Kambag‘al odamlar”, “Oltin devor”, “Baribir hayot go‘zal”, “Osmon yaqin” kabi filmlar ssenariysining hammuallifi hisoblanadi.
Rixsivoy Muhammadjonov “Oltin Devor”, “Chol va nabira”, “Qaydasan muhabbat?” filmlarining rejissyori hisoblanadi.
QALAMPIR.UZ tahririyati marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.
LiveBarchasi