Shavkat Rahmonning qizi Shermatovga maslahatchi bo‘ldi
Jamiyat
−
04 iyul 2022
66600Kamola Shavkatovna Sobirova O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Kamola Sobirova vazirlikda yoshlar va ayollarni IT sohasiga jalb qilish hamda O‘zbekistonni mintaqaviy IT-markaziga aylantirish yuzasidan targ‘ibot ishlarini amalga oshirish bo‘yicha faoliyat olib boradi.
Kamola Sobirova 1983 yil 13 iyunda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Oilali, 4 farzandning onasi. Rus, ingliz va ispan tillarida gaplasha oladi.
U faoliyatini 2001 yili O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “Yoshlar” kanalida tarjimonlikdan boshlab, turli xalqaro va mahalliy tashkilotlarda, xususan, 2019 yilda O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisining matbuot kotibi lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Kamola Sobirova–Rahmonova O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, marhum shoir Shavkat Rahmonning qizi.
Vazirlik AKT matbuot kotibi Sherzod Axmatov o‘z lavozimida qolganini qo‘shimcha qildi.
LiveBarchasi