3 yilda qancha odam O‘zbekiston fuqaroligini olgani ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
12 Oktabr 2019
4631O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga ko‘ra, 2016 yil dekabr oyidan buyon O‘zbekistonda yashayotgan fuqarolarning 8 ming 348 nafari O‘zbekiston fuqarosi bo‘ldi. Bunda 1992 yili qabul qilingan "O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida"gi qonun va O‘zbekiston Konstitutsiyasining 93-moddasidagi 22-band asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
Mazkur hujjatlar asosida O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilish borasida qabul qilinayotgan Prezident farmonlari soni yildan yilga oshib bormoqda.
Xususan, 2016 yilda boshlangan ushbu tadbir uchun bir martta O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni qabul qilingan bo‘lsa, 2017 yilda 10, 2018 yilda 15, joriy yilning o‘tgan davrida esa 21 ta farmon ijrosi ta’minlandi.
Ayni vaqtda ularning hammasi fuqarolik pasportiga ega.
LiveBarchasi