O‘zbekiston Qirg‘iziston bilan chegaraoldi hududlarini almashdi
Olam
−
13 Sentabr 2019
10033Qirg‘iziston Respublikasi Hukumatining O‘sh viloyati ma’muriyatidagi vakolatxonasi O‘zbekiston bilan yer maydonlari almashilganini tasdiqladi, deya yozmoqda Kloop.kg
O‘zbekiston tomoniga O‘sh viloyati Aravon tumanining To‘yamo‘yin okrugidagi, Karkidon suv ombori yonidagi yer maydoni berilgan.
O‘zbekiston esa Qirg‘izistonga Gulbahor qishlog‘i yonidagi yerni bergan. Chegaralar demarkatsiyasi shu haftada o‘tkaziladi.
Hududlar almashinuvi chegaraning o‘zgarishiga olib keladi.
Har ikki hudud ham bir xil maydonga ega – 407 gektar. O‘sh viloyati ma’muriyatiga ko‘ra, hududlar almashilishi Qirg‘iziston tashabbusi bilan amalga oshirilgan.
“Ushbu almashinuvga Qirg‘iziston anchadan beri tashabbus bildirib kelingandi. Oxirgi muzokaralar vaqtida chegaraning demilitatsiyasi bo‘yicha kelishuvga erishilgandi”, dedi O‘sh viloyati ma’muriyati matbuot kotibi Nurqiz Qodirbek qizi.
Gulbahor qishlog‘i Aravon viloyatiga kiraverishda, O‘sh shahriga olib boruvchi yo‘l bo‘yida joylashgan. Avval ushbu yo‘lning bir qismi O‘zbekistonga tegishli bo‘lgan, endi esa u to‘liq Qirg‘iziston hududidan o‘tadi. Bungacha, qirg‘izistonliklar qo‘shni qishloqqa O‘zbekiston hududi orqali o‘tishiga to‘g‘ri kelgan.
Suv omborining butun hududi va sohilbo‘yi O‘zbekistonga tegishli bo‘ladi. Qirg‘izistonning Karkidon qishlog‘i aholisi suv omboridan chiquvchi daryodan foydalana oladi.
Mahalliy hokimiyat O‘zbekiston bilan yerlar almashilgani, delimitatsiya yakunlangani, biroq demarkatsiya hali o‘tkazilmaganini ma’lum qilgan.
LiveBarchasi