DTM: 342 ta abituriyent kelmadi, 1 tasi chetlashtirildi
Jamiyat
−
14 avgust 2019
3693Bugun, 14 avgust kuni respublika bo‘yicha 5 ta hududda 1-smenadagi test sinovlari bir vaqtda soat 08:00 da boshlandi.
Test sinovlarida birinchi smenada jami 10 ming 410 nafar abituriyent ishtirok etishi belgilangan edi. Shundan: 10 ming 067 nafar abituriyent test sinovlarida ishtirok etmoqda. 342 nafar abituriyent turli sabablarga ko‘ra test sinovlariga kelmadi, 1 nafar abituriyent tartib-qoidalarni buzgani sababli hududga kirish joyida test sinovlaridan chetlashtirildi.
Test sinovlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Xorazm, Samarqand viloyatlarida bo‘lib o‘tyapti.
LiveBarchasi