Zangiotada elektrdan uzilish bo‘lmaydi
Jamiyat
−
18 avgust 2019
4965Zangiota tumani hokimligi Energetika vazirligi ko‘magi bilan Xitoyning Shina construction LTD kompaniyasi hamkorlikda tumandagi bir necha yildan buyon foydalanilmay kelinayotgan GES 14 ni qayta tiklamoqda.
Inshoot 7 kub suvda 16,5 megavat elektr energiyasini ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladi. Bu Zangiota tumaniga zarur bo‘lgan jami elektr energiyasining 3/1 qismini tashkil etadi.
Mazkur loyihaning ishga tushishi bilan tumanda elektrdagi uzilish va past kuchlanish bilan bog‘liq muammolar butunlay bartaraf etiladi.
Loyiha 2020 yil 1 sentyabrda yakunlanadi.
LiveBarchasi