Philips maishiy texnika ishlab chiqarishni to‘xtatadi

Texnologiya

image

Philips kompaniyasi maishiy texnika ishlab chiqarishni to‘xtatishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniyaning rasmiy saytida ma’lum qilingan.

Aniqlik kiritilishicha, birinchi navbatda, maishiy texnika ishlab chiqarish uchun alohida huquqiy tizim yaratiladi, undan keyin sotuvga chiqariladi. 

Kompaniyadagilarning tushuntirishicha, Philips bor e’tiborini tibbiyot texnologiyalari ishlab chiqarishga qaratadi.

Ma’lumot o‘rnida: Kompaniyaga 1891 yilning 15 may kuni asos solingan. Shtab-kvartirasi Gollandiyaning Amsterdam shahrida joylashgan. 2018 yil hisob-kitoblariga ko‘ra, kompaniya 1 milliard 719 million yevro operatsion foyda ko‘rgan. Uni 2011 yil 1apreldan Frans van Xauten boshqarib kelmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Philips maishiy texnika

Baholaganlar

55

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar