Qotilliklarning deyarli yarmi er-xotin nizosidan kelib chiqayotgani aytildi

Jamiyat

image

2019 yilda O‘zbekistonda jinoyatlar 3139 taga yoki 10,5 foizga kamayishiga erishilgan. Respublikada mahallalarning 33,7 foizida yoki 3074 tasida birorta ham jinoyat sodir etilmagan. Voyaga yetmaganlar (830/656) va xotin-qizlar (3378/2705) o‘rtasida jinoyat sodir etish holatlari kamaygan. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to‘g‘risidagi 2019 yil yakuni bo‘yicha axborotida so‘z boradi.

Ichki ishlar va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tadbirlar natijasida giyohvandlik, korrupsiya va iqtisodiy yo‘nalishlarga oid qariyb 4,5 mingta jinoyat aniqlangan.

Aholining ijtimoiy-maishiy muammolarini aniqlash va hal etishdagi ishlar yetarli darajada tashkil etilmagan, oilalardagi janjallar ko‘p hollarda mahalla faollari va profilaktika inspektorlarining e’tiboridan chetda qolganligi oqibatida o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etilishi keng tus olgan. 

2019 yili 2 sentyabrda “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingan bo‘lishiga qaramasdan, IIVning bu boradagi ishlarni tartibga soluvchi buyrug‘i joriy yil 3 fevralda qabul qilingan. Shu tufayli tazyiqqa uchragan xotin-qizlarning faqatgina 3 nafariga himoya orderi berilgan. 142 ta qotillikning 70 tasi (49,2 foiz) er-xotinlar o‘rtasida kelib chiqqan nizolar sababli sodir etilgan.

Og‘ir turmush sharoitida yashayotgan ayollarning muammolari to‘liq hal etilmasdan kelinayotganligi oqibatida 5032 nafar ayol jinoyat sodir etgan va bu jinoyatlarni sodir etish holatlari Toshkent shahri, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida yuqoriligicha qolgan.

Odam savdosi jinoyatlarining soni 2012-2019 yillar davomida olti barobarga kamayishiga (574-94) erishilgan bo‘lsa-da, ushbu davrda bolalar savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar ortib borayotganligini ko‘rsatmoqda.

Shuningdek, yoshlar bilan ishlashda hanuz ko‘plab muammolar saqlanmoqda. O‘tgan yili respublikada qayd etilgan har to‘rtinchi jinoyat (11787 ta) yoshlar tomonidan sodir etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qotilliklar

Baholaganlar

22

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar