Londondagi Tauer ko‘prigiga 125 yil to‘ldi

Bu qiziq

image

Londonning tashrif qog‘oziga aylanib ulgurgan Tauer ko‘prigi qurilganiga bugun 125 yil bo‘ldi. Temza daryosi ustida barpo etalgan ushbu ko‘prik 1894 yil 30 iyunda rasman ochilgandi. Ushbu marosimda Qirollik oilasi vakillari ishtirok etib, rasman ochib bergandi. 

Bugun, 30 iyun kuni ham bu yerda London shahri aholisi to‘plandi. Kelganlarni Tauer ko‘prigi direktori Kris Erli bayram bilan qutladi. 

"Bu inshoat allaqachon barchaning qalbini zabt etib bo‘lgan. Tauer muzeyga aylantirilganidan buyon inshoatni ko‘rish uchun 37,4 mln sayyoh kelgan. 2018 yilda bu ko‘rsatkich rekord darajaga yetib, 865 ming kishini tashkil etdi. Sayyohlarga bu yerga keling, ko‘ring, zavqlaning, suratga tushib, do‘stlaringizga ulashing. Ko‘prik nafaqat aholi bilan gavjum, balki har kuni 100 minglab velosiped va 40 mingdan ortiq avtomobillarga xizmat ko‘rsatadi", deydi Erli. 

Angliyaning poytaxtini Tauer ko‘prigisiz tasavvur qilish qiyin. 19 asr  texnologiyalari asosida barpo etilgan ko‘prik hozirda muzeyga aylantirilgan. Shaharning mashhur aravalari, ikki qavatli avtobus va avtomobillar hamon ushbu ko‘prikdan o‘tadi. 

Shahar aholisi va bu yerga keluvchi sayyohlarning eng yaxshi taasurotlari aynan u bilan chambarchas. Ko‘prik bir qarashda g‘amgindek ko‘rinsa-da, biroq salobati, muhtashamligi va me’moriy yechimi har qanday kishini o‘ziga jalb qila oladi. 

Ayniqsa, bu inshoatni tomosha qilish uchun ko‘pchilik kechasi borishni ma’qul ko‘radi. Zamonaviy chiroqlar va illyustratsiyalar sabab uning tashqi ko‘rinishi yanada jozibador bo‘lib, sayyohlar ko‘z o‘ngida ertaknamo muhitni paydo qila oladi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

254

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing